» » Navalniy zaharni o‘zi qabul qilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi Putinning taxminiga javob qaytardi

Navalniy zaharni o‘zi qabul qilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi Putinning taxminiga javob qaytardi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makron bilan suhbatda rossiyalik siyosatchi Aleksandr Navalniyning o‘zi noma’lum sabablarga ko‘ra “Novichok” guruhiga mansub zaharni ichgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Navalniy o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ushbu holatga izoh berdi.

Vladimir Putin fransiyalik hamkasbiga “Navalniy zaharni o‘zi ichgan bo‘lishi mumkin” debdi. Yaxshi versiya. O‘ylashimcha, sinchiklab o‘rganishga arziydi. Oshxonada “Novichok” qaynatganman. Samolyotga yashirincha ichib olganman. Komaga tushganman. Bunga qadar xotinim, do‘stlarim va hamkasblarim bilan kelishib olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi meni davolashga Germaniyaga jo‘natishni talab qilsa, har qanday holatda ham bunga rozi bo‘lmasliklarini tayinlaganman. Omsk shifoxonasida o‘lish va Omsk morgida o‘lim sababiga “yetarlicha yashadi” degan tashxis qo‘yilishi — bu ayyor rejamning yakuniy maqsadi edi. Biroq Putin mendan yaxshi o‘ynadi. Uni osonlikcha alday olmaysan. Oxir-oqibat men ahmoqqa o‘xshab 18 kuni komada yotdim, biroq maqsadimga erisha olmadim. Provakatsiya amalga oshmadi!

Aleksey Navalniy, siyosatchi

Ta’kidlanishicha, Putin Makron bilan suhbatda “Novichok” avval qayd etilganidan ko‘ra ancha murakkab tuzilishga egaligi xususida ham ma’lumot bergan. Rossiya davlat rahbari Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea Latviyada yashaydigan “Novichok”ni ishlab chiqqan olimlardan biri bilan bog‘liqligi yuzasidan tekshirish o‘tkazish kerakligini aytgan (Putin kim haqida gapirgani ma’lum emas). Makron esa Latviya versiyasining haqiqatdan yiroq ekanini bildirgan.

Mavzuga doir: O‘zini “Novichok” asoschilaridan biri deb aytgan kimyogar Navalniydan uzr so‘radi

Avvalroq Germaniya hukumati ham Aleksey Navalniy Rossiyada “Novichok” turiga kiruvchi modda bilan zaharlanganini bildirgan. U ikki haftadan ortiq vaqt davomida komada yotgan, 10-sentabr kuni Navalniy zaharlanganidan so‘ng to‘liq o‘ziga kelgan va 15-sentabrda tuzala boshlaganidan keyin ilk bor Instagram’da post qoldirgan, siyosatchi 19-sentabrda tiklanish jarayoni qanday ketayotgani haqida gapirib bergan.

Germaniya Navalniyning zaharlanishiga oid ma’lumotlarni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yuborgan. Rossiya hukumati dastlab Omskdagi kasalxonada siyosatchidan olingan testlar organizmda zahar borligini ko‘rsatmaganini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют