» » Buxoroda ilk bor MMA bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi o‘tkaziladi

Buxoroda ilk bor MMA bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi o‘tkaziladi


Buxoro viloyati 25—27-sentabr kunlari aralash jang san’atlari bo‘yicha 16–17 yoshli o‘smirlar va 18 yoshdan katta bo‘lgan yakkakurashchilar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi bahslariga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi “Daryo”ga xabar berdi.

Musobaqada O‘zbekistonning barcha viloyatlardan kelgan o‘smirlar 10 ta vazn toifasida yoshlar esa 9 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashadi. Janglarda jami 200 nafardan ziyod sportchi qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, musobaqada 19 ta oltin, 19 ta kumush va 38 ta bronza medallari o‘z egalariga topshiriladi. O‘zbekiston Kubogi musobaqasining saralash janglari 25—26-sentabr kunlari va uning hal qiluvchi bahslari esa 27-sentabr sanasiga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida aynan ushbu yoshdagi sportchilar o‘rtasida ilk marotaba MMA bo‘yicha O‘zbekiston chempionati tashkil etilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi 2019-yil 8-noyabrida esa yangi tashkil etilgan. Uning ayni damdagi rahbari esa Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov hisoblanadi.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют