» » Muhammadqodir Toshtemirov III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Muhammadqodir Toshtemirov III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi


Buenos-Ayresda o‘smirlar o‘rtasidagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida og‘ir atletikachi Muhammadqodir Toshtemirov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Muhammadqodir -77 kg vazn toifasida bahslarga kirishib, dast ko‘tarishda 140 kg, siltab ko‘tarishd 168 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, jami 308 kg natija qayd etdi. Mazkur yo‘nalishda oltin va bronza medallari Armaniston va Misr sportchilariga nasib qildi. Shu tariqa, ayni damda O‘zbekiston hisobida medallar soni 3 tani tashkil qilmoqda. Shulardan 2 tasi kumush va 1 tasi esa bronza medallaridir.

Jamoaviy mikst bahslarida O‘zbekiston hisobida 2 ta medal mavjud. Shundan 1 tasi oltin, 1 tasi esa bronza. Ta‘kidlash joiz, mazkur natijalar medal jamg‘arish bo‘yicha reytingda O‘zbekiston uchun yozilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют