» » Paraosiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekistonlik sportchilar 4-kungi musobaqalarda 15 ta medalni qo‘lga kiritdi

Paraosiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekistonlik sportchilar 4-kungi musobaqalarda 15 ta medalni qo‘lga kiritdi


Bugun, 10-oktabr sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlarining 4-kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘yinlarning to‘rtinchi kuni ham o‘zbekistonlik sportchilar uchun omadli keldi. Bugun ular tomonidan 15 ta medal qo‘lga kiritildi. Shulardan 7 tasi oltin, 3 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.

Bugungi sovrindor sportchilar: ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:

Kumush:

Bronza:

Shu tariqa, o‘yinlarning to‘rtinchi kunidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 47 taga yetdi. Sportchilar tomonidan shu kungacha 25 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. Medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa xisobida O‘zbekiston Xitoy, Janubiy Koreya va Erondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etish lozimki, ushbu natijalar orqali O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlaridagi rekordni yangiladi. To‘rt yil avval Incheonda o‘tkazilgan Paraosiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 19:12)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют