» » Taekvondo. Ulug‘bek Rashidov III yozgi o‘smirlar Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Taekvondo. Ulug‘bek Rashidov III yozgi o‘smirlar Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdi


Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tayotgan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga dastlabki medal yozib qo‘yildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Taekvondo bo‘yicha -48kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ulug‘bek Rashidov musobaqa davomida Mo‘g‘uliston va Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Finalda esa u rossiyalik Dmitriy Shishkoga yutqazib qo‘ydi. Shu tariqa Ulug‘bek musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi.

Ma‘lumot uchun, o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 37 nafar sportchi bilan qatnashmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют