» » Finlyandiya oradan 10 kun o‘tib Shvetsiya bilan chegarada koronavirus cheklovlarini qaytarmoqda. Estoniya va Norvegiya ham “qizil ro‘yxat”ga tushgan

Finlyandiya oradan 10 kun o‘tib Shvetsiya bilan chegarada koronavirus cheklovlarini qaytarmoqda. Estoniya va Norvegiya ham “qizil ro‘yxat”ga tushgan


Finlyandiya hukumati qo‘shni Shvetsiya, Norvegiya va Estoniya davlatlarini “qizil ro‘yxat”ga qo‘shib qo‘ydi, deb yozadi “Fontanka”.

“Karantin so‘nggi 14 kun ichida har 100 ming kishi orasida 25 dan ortiq kasallanish holati aniqlangan barcha davlatlarga taalluqli. 28-sentabr kuni Shvetsiya va Norvegiya uchun karantinning joriy etilishi bo‘yicha tavsiyalar amalga kiradi”, — deydi mamlakat IIV kanselyariyasi boshlig‘i Kirsi Pimiya.

Fin hukumati Suomi va boshqa ayrim davlatlar, xususan, Shvetsiya bilan qatnovlarga qo‘yilgan cheklovni 19-sentabr kuni bekor qilgandi. Bu boradagi qaror 11-sentabrda qabul qilingan.

Estoniya finlar bilan ochiq chegaralarda “turistik pufak” yaratgan ilk mamlakatlardan biri hisoblanadi. Pimiya keyingi haftadan Tallinga amalga oshiriladigan safarlar ham karantin bilan tugashini maslahat bergan.

Mavzuga doir: Finlyandiya sayyohlar uchun mamlakatga kirish qoidalarini soddalashtirmoqchi

Avvalroq Armanistonda koronavirus sababli 2021-yilning 11-yanvarigacha karantin e’lon qilingani, Kiyevda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha sutkalik rekord yangilangani sabab shaharda karantin cheklovlari qaytarilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda qayta karantin joriy etilishi mumkinligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют