» » Estoniyada koronavirus sabab tunda alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlandi

Estoniyada koronavirus sabab tunda alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlandi


Estoniya hukumati 17-sentabr kuni alkogol mahsulotlarini tungi vaqtda sotishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur taqiq 26-sentabr yarim tundan kuchga kiradi va soat 00:00 dan soat 10:00 ga qadar amalda bo‘ladi. U alkogol ichimliklar iste’mol qilinadigan barcha muassasalar — barlar, restoranlar, teatr, mehmonxona va tungi klublarga taalluqli.

Bu kabi cheklov 24-oktabrga qadar amalga bo‘ladi, biroq Estoniya hukumati u yanada uzaytirilishi mumkinligini istisno etmagan. Ushbu qarori koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarining ortib ketayotgani fonida qabul qilingan.

“Estoniyada COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi. Ko‘rib turganimizdek, koronavirus, ayniqsa, turli bazmlar yaxshi tarqalmoqda. Afsuski, alkogol mahsulotlari iste’moli odamlarning xatti-harakatiga ta’sir ko‘rsatadi va virus tarqalishiga xizmat qiladi”, — deydi mamlakat bosh vaziri Yuri Ratas.

Avvalroq Armanistonda koronavirus sababli 2021-yilning 11-yanvarigacha karantin e’lon qilingani, Kiyevda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha sutkalik rekord yangilangani sabab shaharda karantin cheklovlari qaytarilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют