» » Shvetsiyada tank mashg‘ulotlar vaqtida poyezd bilan to‘qnashib ketdi

Shvetsiyada tank mashg‘ulotlar vaqtida poyezd bilan to‘qnashib ketdi


Shvetsiya poytaxtidan janubi-g‘arbda joylashgan Trusa shahri yaqinida Aurora-2017 mashg‘ulotlari doirasida harakatlanayotgan tank yo‘lovchi poyezd bilan to‘qnashib ketdi. To‘qnashuv oqibatida to‘rt kishi jabrlangan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, jabrlanganlarning uch nafari tankchilar, bir nafari esa poyezd mashinisti bo‘lgan.

Aurora-2017 harbiy mashg‘ulotlari Shvetsiyada 11—29-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlar dengiz, quruqlik va havoda bo‘lib o‘tmoqda. Ular so‘nggi 20 yilda Shvetsiyadagi eng yirik mashg‘ulotlar bo‘lib, Shvetsiyadan 19,5 ming nafar harbiy xizmatchi, bir yarim ming askar va ofitser Daniya, Norvegiya, Finlandiya, Estoniya, Litva, shuningdek, AQSh va Fransiyadan jalb qilingan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют