» » Polsha: Rossiya harbiy mashg‘ulotlarda yadro qurolidan foydalanadi

Polsha: Rossiya harbiy mashg‘ulotlarda yadro qurolidan foydalanadi


Polsha mudofaa vaziri Antoniy Matserevich Rossiya va Belarusning hamkorlikdagi “G‘arb — 2017” o‘quv mashqlari 20-sentabrdan keyin davom ettirilishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar chog‘ida rossiyaliklar tomonidan yadro qurolidan foydalanish mashq qilinadi.

“Ular davom ettiradi, bu safar mashg‘ulotlar dasturiga kiritilmagan yadro qurolini qo‘llaydi”, — dedi mudofaa vaziri.

Shuningdek, Matserevich Rossiya harbiy doktrinasi ehtimoliy dushmanga preventiv zarba berishni ko‘zda tutishini eslatdi.

“‘G‘arb — 2017’ mashg‘ulotlari so‘nggi 30 yil ichida Rossiyaning barcha harbiy mashqlari orasida eng tajovuzkori va ko‘p funksionallisi bo‘ldi”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют