» » AQSh Yevropaga 2 ta strategik bombardimonchi samolyot jo‘natdi

AQSh Yevropaga 2 ta strategik bombardimonchi samolyot jo‘natdi


Rossiya-Belarus “G‘arb-2017” mashg‘ulotlari boshlanadigan kuni AQSh Yevropaga yadro qurolini tashishga qodir bo‘lgan ikkita B-52H bombardimonchi samolyotlarini jo‘natdi, deb xabar beradi “Vedomosti”.

Luiziana shtatidagi Barksdeyl aviabazasidan uchgan 307-aviaqanot tarkibidagi bombardimonchi samolyotlar Atlantika ustidan parvoz qilib, Buyuk Britaniyadagi Ferford aviabazasiga yetib borishi kerak.
Hozirgi vaqtda Yevropada B-1B va B-52H strategik bombardimonchi samolyotlari mavjud.

Bugun, 14 sentabr kuni Rossiya va Belarus harbiy havo kuchlari hamkorligidagi “G‘arb-2017” harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.
Harbiy mashg‘ulotlarda 12 700 nafar harbiy xizmatchilar, 70 ta samolyot va vertolyotlar, 680 ta harbiy texnika birliklari ishtirok etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют