» » Shamollashdan darak beruvchi, xayolingizga ham keltirmagan alomatlar

Shamollashdan darak beruvchi, xayolingizga ham keltirmagan alomatlar


Yo‘talish, tomoq og‘rishi va ko‘z yoshlanishi — shamollashga xos simptomlar ekani barchaga ma’lum. Odatiy tuyulgan, ammo salomatlik yomonlashayotganidan darak beruvchi alomatlar haqida esa hamma ham bilavermaydi.

Aralash tush ko‘rish

Shifokorlarning ta’kidlashiga qaraganda, uyqu vaqtida tana harorati yuqori bo‘lganda miya faolroq ishlashi sabab turli noaniq tush ko‘rish mumkin.

Mahsulotlar ta’mining boshqacha tuyulishi

Aniqlanishicha, hidlash orqali ta’m haqidagi 75-90 foiz ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Burundan nafas olish yomonlashganda esa ta’m bilish qobiliyatiga susayadi, siz har kuni ichadigan qahva yoki sharbat bemaza tuyulishi mumkin.

Zararli ovqatlarni yeyishni istash

Kasallik organizm uchun hamma vaqt stress. Stress vaqtida esa inson o‘zini tezroq yaxshi his qilish uchun najot istaydi va uglevod va shakarli mahsulotlar iste’mol qiladi. Aslida esa bunday vaqtda shirinlik o‘rniga apelsin, asal choy yoki C vitaminiga boy boshqa yegulik ham yordam bera oladi.

Chanqash

Shamollaganda burun oqishi va tumov sabab organizm odatdagidan ham ko‘proq suyuqlik yo‘qotadi, harorat ko‘tarilganda esa ayniqsa. Shu sabab organizm suv talab qila boshlaydi. Bunday vaqtda ko‘proq suv va limon choy ichish tavsiya qilinadi.

Bosh og‘rishi

Virusli kasalliklarga xos bo‘lgan yana bir simptom mushaklarda og‘riq paydo bo‘lishi hisoblanadi. Ba’zi vaqtlarda bosh terisi sezgir bo‘lib qoladi va soch taralganda yoki yuvilganda og‘riq his qilinadi. Bu simptom sinusit — burun yon bo‘shliqlari shilliq qavatining o‘tkir yallig‘lanishidan darak berishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 48) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют