» » Infeksiya bolmasa ham tana haroratining kotarilish sababi nimada?

Infeksiya bolmasa ham tana haroratining kotarilish sababi nimada?


Tana haroratining kotarilishi organizmda qandaydir ozgarish borligidan darak beruvchi signallardan biri hisoblanadi. Shifokorlar boshqa alomatlar kuzatilmagan taqdirda ham tosatdan harorat oshishi va malum vaqt davomida tushmasligi kuzatilsa, darhol tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarurligini takidlaydi. Aksari hollarda tana harorati yalliglanish va infeksiya bolganda kuzatiladi lekin, ayrim hollarda boshqa sabablar bilan ham bogliq bolishi mumkin. Ushbu sabab qanday ehtimollar bilan bogliqligi haqida Domashniy Ochag malumot beradi.

Jiddiy bolmagan sabablarga kora

Tana haroratining 38 gacha kotarilishi sovuq urishiga, kuyish, quyosh nurida uzoq vaqt bolish hatto issiq dush qabul qilishga organizmning javob reaksiyasi bolishi mumkin. Bunday holatlarda organizmda termoregulratsiya buziladi va harorat kotarilib malum vaqt davomida yuqori bolib turishi kuzatiladi. Bundan tashqari tana harorati qorquvdan, asabiylashish va boshqa salbiy emotsiyalarni his qilinganda, shuningdek, spirtli ichimlik istemolidan keyin ham kotarilishi mumkin.

Xavfli bolmagan sabablar

Bazi hollarda harorat kotarilishi bilan birga boshqa simptomlar kozga tashlanmasa bu soglik uchun xavf tugdirmasligi mumkin. Masalan, vegitativ qon-tomir distoniyasida harorat 38 darajagacha kotariladi, shuningdek, qattiq jismoniy zoriqish, sport mashqlaridan keyin ham kotarilishi mumkin.

Stress sabab bolishi mumkin

Xolsizlik, boshda ogirlik va tuman bordek, tushkunlik his etilganda tana harorati kotarilishining sababi termonevroz bilan bogliq bolishi ehtimoli katta. Bunga siz boshdan kechirgan stress yoki haddan ortiq zoriqish sabab bolishi mumkin.

Jiddiy sabablar

Bazida tana harorati kotarilishi organizmda rivojlanayotgan jiddiy kasallikdan darak bolishi mumkin. Endokrin kasalliklar, osimta, limfoma, zamburugli infeksiya, bakterial kasalliklar sepsis, meningit, prostatit, sinusit, tonzillit va yalliglanishlar shular jumlasidan.

Tana harorat besabab kotarilganda nima qilish kerak?

Shifokorga murojaat qiling va jiddiy kasallik bor yoki yoqligiga amin bolish uchun umumiy qon va siydik tahlilini topshiring. Natija organizmda yalliglanish va boshqa salbiy jarayonlar mavjud yoki yoqligini aniqlashga yordam beradi. Shifokor korsatmasiga binoan ichki azolarni ultratovush orqali yoki boshqa usullardan foydalangan holda tekshirish ham mumkin. Nima bolganda ham sogligingizga etiborsiz bolmang.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (29-08-2020, 13:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -