» » Jazirama vaqtida nimalarga amal qilish kerak?

Jazirama vaqtida nimalarga amal qilish kerak?


Ob-havoning odatdagidan 10 va undan yuqori darajaga ko‘tarilishi, ya’ni jazirama (kuchli issiq) vaqtida inson salomatligi xavf ostida qolishi mumkin. Bunday vaqtlarda qanday ehtiyot choralarini ko‘rish kerak va jabrlanganlarga qanday yordam berish mumkinligi borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Jazirama vaqtida tana harorati 37,1°C dan oshishi yoki issiqlik almashinuvi buzilishi mumkin. Tana haroratining 38,8°C ga yaqinlashishi xavfli hisoblanadi. Bundan tashqari, issiq (oftob, kun) urishi yoki yurak faoliyati buzilishi mumkin. Teri qizarishi, shilliq qavatlarning qurishi va kuchli tashnalik issiq (oftob, kun) urganining belgilari hisoblanadi. Ushbu belgilar kuzatilganda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, hushdan ketish, nafas va yurak to‘xtashi mumkin.

Kuchli issiq vaqtida chekish, alkogol ichimliklari ichish, kuchli jismoniy mehnat qilish va ovqat iste’mol qilishni kamaytirish lozim.

Jaziramaga tayyorgarlik ko‘rish

Oldindan ichimlik suvi zaxiralari, issiq ob-havoga mos kiyim-kechak, sovutgichni tayyorlab qo‘ying. Agar siz dalada bo‘lsangiz, chodir (chayla, kapa) hamda quduq izlab toping. Iloji bo‘lsa, elektr uskunalar ishlashi uchun avtonom elektr manbasini sotib oling. Ichimlik suvini tejab ishlating.

Issiq ob-havo paytida qanday harakat qilish kerak?

Issiq (oftob, kun) urishi alomatlari — holsizlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, qusish, tomir tortishishi va hushdan ketish.

Issiq (oftob) urishiga ko‘proq bolalar, o‘smirlar, qariyalar va alkogol iste’mol qilganlar moyil bo‘ladi, chunki ularda har xil sabablarga ko‘ra organizmning haroratni tartibga soluvchi tizimi sust ishlaydi.

Issiq (oftob) urishini oldini olish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:

Unutmang, alkogol ichimliklarini kuchli issiq vaqtida ichish oftob urishini tezlashtiradi, chunki alkogol organizmning haroratni tartibga soluvchi tizimni ishdan chiqaradi. Shuningdek, organizmda alkogol parchalanganida ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi.

Issiq (oftob) urganida birinchi tez yordam ko‘rsatish uchun quyidagilarni amalga oshiring:

Diqqat! Jabrlangan kishining badanini spirt bilan artmang, chunki u teridagi teshikchalarni yopib, issiq chiqib ketishiga xalaqit beradi. Jabrlanganni sovuq suv bilan to‘ldirilgan vannaga yotqizmang, bu uning ko‘krak qismi bosilishiga va nafas yo‘llarining havo o‘tkazish qobiliyati sustlashishiga olib keladi.

Issiq ob-havo paytida plyajda o‘zini tutish qoidalari

Agar siz issiq ob-havo paytida plyajda yoki daryo (soy) bo‘yida dam olayotgan bo‘lsangiz, doim esingizda tutingki, havo harorati +50C va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Suvning harorati +22C dan +26C gacha bo‘lishi mumkin. Demak haroratlar farqi 25C—30Cni tashkil qiladi.

Agar quyosh tagida uzoq vaqt bo‘lib, birdan suvga kirsangiz (suvga tashlansangiz), haroratlar farqi tufayli o‘pka siqilib (nafas olish qiyinlashib), yurak urishi to‘xtab qolishi mumkin.

Shuning uchun, suvga kirishdan oldin badanni ho‘llab (bel, ko‘krak va x.k.), suvga moslashish kerak. Bunga ko‘proq keksa yoshdagi kishilar amal qilishlari zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют