» » Messi va Neymar top-5 likda, Ronaldu esa 10-o‘rinda. UEFA mavsum o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi

Messi va Neymar top-5 likda, Ronaldu esa 10-o‘rinda. UEFA mavsum o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi


UEFA 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.

Avval xabar berilganidek, kuchli uchlikdan Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Robert Levandovski va Manuel Noyer (ikkisi — “Bavariya”) o‘rin oldi.

Shuningdek, top-10 likdan quyidagi futbolchilar joy olgan:

4-5. Lionel Messi (“Barselona”), Neymar (PSJ) – 53 ochko

6. Tomas Myuller (“Bavariya”) – 41 ochko

7. Kilian Mbappe (PSJ) – 39 ochko

8. Tiago Alkantara (“Bavariya”, / “Liverpul”) – 27 ochko

9. Yozua Kimmix (“Bavariya”) – 26 ochko

10. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) – 25 ochko.

Ovoz berish jarayonlarida Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining guruh bosqichida qatnashgan jamoalar murabbiylari, shuningdek, UEFAga mintaqasining 55 nafar jurnalisti qatnashdi.

G‘oliblar 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют