» » Shavkat Mirziyoyev BMTning navbatdagi sessiyasini qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlashni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev BMTning navbatdagi sessiyasini qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlashni taklif etdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zladi. Prezident chiqishi davomida qashshoqlik va kambag‘allikning global muammolari haqida so‘z yuritdi.

“Jahonning turli nuqtalarida notinchlik saqlanib qolayotgani, ziddiyat va zo‘ravonliklar ortib borayotgani, ekologik ofatlar va boshqa zamonaviy xatarlar qashshoqlik va kambag‘allikning global muammolarini kuchaytirmoqda.

Bu muammolar, ayniqsa, pandemiya sharoitida keskin tus olmoqda. Tobora tashvishli ohang kasb etayotgan qashshoqlikning ovozi butun dunyo hamjamiyatini, barchamizni bezovta qilishi zarur.

Shu munosabat bilan qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan global sammitni o‘tkazishni taklif etamiz”, – dedi Prezident.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют