» » Joze Mourinyo: “Zidan Beylning “Real”dan ketganidan xursand, biz esa uni kelganidan mamnunmiz”

Joze Mourinyo: “Zidan Beylning “Real”dan ketganidan xursand, biz esa uni kelganidan mamnunmiz”


“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasi safiga “Real”dan kelib qo‘shilgan Garet Beyl borasida fikr bildirdi.

Agar hamma xursand bo‘lsa, u holda bu transfer mukammal bo‘ladi.

Zidan bilan gaplashmadim, biroq ishonchim komil, Zinedin Beylning ketganidan xursand. Biz esa Garetning shu yerdaligidan mamnunmiz, va albatta, uning o‘zi ham “Tottenhem”ga qaytganidan baxtli. Umid qilamanki, mavsum so‘ngida barchamizning ko‘nglimiz to‘ladi va u biz bilan qoladi.

Beyl uni bir vaqtlar “Real”da ko‘rishni istaganimni biladi, biroq o‘sha mavsum buning iloji yo‘q edi. Shuningdek, Garet uni “Manchester Yunayted”ga olib kelmoqchi bo‘lganimdan ham xabardor.

U menga o‘yinchi sifatida qanchalik yoqishini biladi. Shunday ekan, o‘rtamizdagi munosabatlar ijobiy. Biroq u mening jamoamda faqat eng yaxshilar maydonga tushishini ham biladi. U faqat Garet Beyl bo‘lgani uchun maydonga tushmaydi. U bunga loyiq o‘yin namoyish qilgani va munosib bo‘lgani uchun maydonda harakat qiladi.

Joze Mourinyo, “Tottenhem” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, “Tottenhem” Garet Beylni “Real”dan ijaraga oldi.

Beyl 2007—2013-yillar oralig‘ida “shporlar” safida to‘p surgan. “Real” uni o‘sha vaqtdagi rekord narx — 100 million yevroga sotib olgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют