» » Beylning agenti: “Real” Garet yurgan yo‘llarni o‘pishi kerak

Beylning agenti: “Real” Garet yurgan yo‘llarni o‘pishi kerak


“Tottenhem” yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining “Real”dan ketishi haqida fikr bildirdi.

“Tottenhem”dan ham kattaroq klublar qiziqish bildirdi, ammo Garet shunday qarorga keldi. U bu yerdaligidan xursand.

Hamma uning “Real” dagi vaqti tugadi degan qarorga keldi, hammasi jiddiy ekanligini anglaganimiz uchun qaror qabul qilish juda oson kechdi. Qarama-qarshiliklar kuchayib, qo‘llab-quvvatlash esa tobora kamayib bordi. Juda ko‘p narsalar bo‘ldi.

Garet “Real”da o‘zi munosib bo‘lgan hurmatga sazovor bo‘lmadi va bu katta muammo edi. “Real” u klubda erishgan yutuqlari uchun Garet yurgan yo‘llarni o‘pishi kerak.

Jonatan Barnett, futbol agenti

Eslatib o‘tamiz, Garet Beyl “Real”da so‘nggi yillarda juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va yakunda ijara asosida “Tottenhem”ga o‘tishga qaror qildi.

Qayd etish joiz, “Tottenhem” Garetga begona emas. U 2007—2013-yillar oralig‘ida “shporlar” safida to‘p surgan. “Real” uni o‘sha vaqtdagi rekord narx — 101 million yevroga sotib olgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют