» » Nokianing qaytishi: Nokia 2.4, 3.4 va Jeyms Bond smartfoni taqdim etildi (video)

Nokianing qaytishi: Nokia 2.4, 3.4 va Jeyms Bond smartfoni taqdim etildi (video)


Pandemiya hatto finlarga ham rahm qilmadi: HMD Globalning 2019-yildagi songgi anonsidan keyin tortinchi avlod hamyonbop smartfonlari rasman endi taqdim etildi. Yangi smartfonlar katta sigimli batareya, toza Android va hamyonbop narxga ega, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Nokia 2.4 ixcham va hamyonbop

Smartfon xalqbop lineykani davom ettirmoqda Nokia 1dan keyingi eng hamyonbop model. Nokia 2.3dan asosiy farqi: batareya sigimi 4500 mA/soatga yetgan, orqa panelida barmoq izi skaneri paydo bolgan. Avvalgi model faqat yuz orqali blokdan chiqarilgan bolsa, yangi modelda ushbu funksiya ham mavjud. MediaTek Helio A22 protsessori ornini sakkiz yadroli Helio P22 egallagan.

2/32 gigabaytli versiyadan tashqari 3/64 gigabaytli model ham paydo bolgan. Nokia 2.3 Andorid 10 operatsion tizimida sotuvga chiqqan, biroq kompaniya Android 11ga otishga ham tayyorligini bildirgan, bu yaqin oylar ichida amalga oshadi. Tizimning optimallashuvi kop say-harakat talab etmaydi. Qurilma korpusida hatto Google Assistant uchun alohida tugma ham bor.

Uchtalik orin bir vaqtning ozida ikkita NanoSIM-karta va 512 gigabaytli MicroSD ornatishga moljallangan. MicroUSB razyomi OTGni qollab quvvatlaydi, 3,5 millimetrli razyom esa simli naushniklar uchun. Bu borada Nokia oz ananalariga sodiq. Interfeyslari qatoridan Bluetooth 5.0, FM-radio, Wi-Fi 2,4 GGs orin olgan. Shu bilan birga, NFC-modul yoqligi sabab smartfon orqali xaridlarni amalga oshirib bolmaydi.

Old tomonidan diaogonali 6,5 dyuymli HD+ sifatga ega IPS displey orin olgan. Orqa tomoni 3D qoplamali plastikdan ishlangan. Sotuvga korpusning uch xil rangi chiqadi: qora, qirmizi va kok. Orqa qopqoq ostida 4500 mA/soat batareya mavjud. Bu kabi sigimli akkumulyator 1,5 kunga yetishi kerak. Biroq quvvatlanish tezligi past: maksimal quvvati 5 vatt.

Asosiy kamera ikkitalik: bosh modul 13 megapiksell va yordamchi 2 megapikselli sensor. Asosiy ozgarish katta modellardan suniy intellekt yordamida ishlaydigan tungi rejim. Endi hamyonbop model qorongida ham yaxshi suratga oladi.

22-sentabrdan boshlab Nokia 2.4ga oldindan buyurtmalar ochildi. 3/64 gigabaytli versiya narxi 142 dollarni tashkil etadi.

Nokia 3.4 Qualcomm protsessor va ultrakeng burchak

Nokia 3.3dan sakrab otgan lineyka Qualcomm protsessorlariga bolgan sadoqatini saqlab qolgan. Yangi modelga Snapdragon 460 ornatilgan xuddi Oppo, Realme, Vivo brendlaridagi kabi. 3 gigabaytli tezkor xotiradan kelib chiqiladigan bolsa, Nokia 3.4da yengilroq oyinlarni oynash mumkin boladi. Android 11 ham vaqt otishi bilan paydo boladi.

Yangi model Nokia 5.3dagi kabi aylanasimon kameralar dizayniga ega. Unda chaqnoq va uchta modul joylashgan: asosiysi 13 megapiksell, chuqurlikni olchovchi 2 megapiksell va ultra keng burchakli 5 megapiksell. Kamera chaplangan portretlarni, tungi foto va hatto tungi portretlarni ham suratga olishga qodir.

Nokia 3.4 ozidan avvalgi modeldan deyarli qolishmaydi: 3D qoplamali plastik korpus, alyuminiyli yon qismlar, uchtalik SIM-karta orni. Old tomonida HD+ sifatni qollab-quvvatlovchi IPS-displey.

Nokia 3.4ni hozirda 181 dollar evaziga oldindan buyurtma qilish mumkin.

Nokia 8.3 5G 5G aloqa tarmogi va alohida videosensorga ega flagman

Mazkur smartfon mart oyida taqdim etilgandi. Bunga qadar kompaniya Agent 007: olish vaqti emas filmining rasmiy hamkoriga aylangan. Pandemiya sabab film va smartfon savdosi boshqa sanaga kochirilgan. Endilikda esa ikkalasining ham taqdimot sanasi malum: Deniel Kreyg ishtirokidagi Jeyms Bondning songgi qismi 19-noyabrda boshlanadi. Smartfonga esa 22-sentabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Modelning 8/128 gigabaytli versiyasi 650 dollardan taklif etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-09-2020, 22:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -