» » Rossiyada Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. U mashg‘ulot vaqtida tasodifan boshqa samolyot tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin

Rossiyada Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. U mashg‘ulot vaqtida tasodifan boshqa samolyot tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin


Rossiyaning Tver viloyatida Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot mashg‘ulot vaqtida tasodifan boshqa qiruvchi tomonidan urib tushirilgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisaning sababi — Su-30’ga mashqlar vaqtida snaryadning tasodifan tegishi. O‘q boshqa havo kemasi tomonidan uzilgan”, — deya ma’lum qilgan agentlik manbasi.

Rossiya G‘arbiy harbiy okrugi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot 22-sentabr kuni mashq parvozi vaqtida qulagan, havo kemasi ekipaji katapultadan foydalanishga ulgurgan. Uchuvchilarning ahvoli qoniqarli.

Aniqlanishicha, samolyot o‘rmon ustiga qulagan, hech qanday vayronalar yuzaga kelmagan.

Su-30 samolyoti 4 ++ avlodiga mansub qiruvchi hisoblanadi. U kunning turli vaqtlarida va turli xil meteorologik sharoitlarda, shuningdek, faol va passiv to‘siqlar qo‘llanilganda, havo maydonini boshqarish va boshqa maqsadlarda havo nishonlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.

Avvalroq Turkiyada razvedka samolyoti qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘lganfi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют