» » Video: Baraban sadosi ostida sakrayotgan pingvinlar konserti

Video: Baraban sadosi ostida sakrayotgan pingvinlar konserti


Raqamli dekoratsiya yaratish bo‘yicha mutaxassis Mett Vorkman sakrayotgan pingvinlar ishtirokida barabanli konsert uyushtirdi, deb xabar beradi Meduza.

Vorkman shug‘ullanadigan The Virtual Production texnologiyasi Unreal Engine grafigi yordamida odamlarning real vaqtda virtual atrof-muhitga qo‘shilib ketishini ta’minlaydi. Bu kabi texnologiyadan masalan, “Mandoloriyalik” filmini suratga olishda foydalanilgan.

Vorkman raqamli dekoratsiyalardan tashqari baraban chalishni yaxshi ko‘radi. U hatto YouTube’da o‘z kanalini ochgan bo‘lib, u yerda o‘zining repititsiyalariga oid roliklarni joylab boradi. Faqat Vorkman odatdagi studiya o‘rnida ulkan yashil ekran fonidan foydalanadi.

Buning yordamida turli raqamli dekoratsiyalar chiziladi — aynan shu pingvinlar bilan bazm uyushtirishga yordam bergan. Biroq Vorkman pingvinlarni kadrda shunchaki qo‘shmasdan, ularni baraban jarangiga qo‘shilib sakrashga ham majbur qilgan.

Mavzuga doir: Avstraliya hayvonot bog‘idagi pingvin o‘zini yolg‘iz his etmasligi uchun unga qarindoshlari haqida multfilmlar ko‘rsatilmoqda (video)

Vorkmanning kanalida raqamli dekoratsiyalarga oid boshqa videolar ham mavjud. Xususan, portlashga oid tajriba:

Mavzuga doir: AQShda hayvonot bog‘idagi pingvinlar muzeyga olib borildi (video)

Bunda esa — baraban kosmik kemada jarang sochmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют