» » Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qilindi

Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qilindi


Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qilindi. Oldinroq mamlakatda ushbu jazoni qo‘llash to‘xtatib qo‘yilgan edi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha xalqaro protokolga qo‘shilgan. Tegishli hujjat Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov tomonidan BMTning bosh qarorgohida imzolangan.

Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ushbu qaror haqida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida ma’lum qilib, mamlakat insonning hayotga bo‘lgan huquqini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yganini aytgan edi.

Qozog‘istonda o‘lim jazosini belgilash 2003-yilda mamlakat prezidenti qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘lim jazosi 2008-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilingan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda terrorchilarga nisbatan o‘lim jazosi joriy etilgani rad qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют