» » Kazuyoshi Miura Yaponiya futboli rekordini yangiladi. U hozir 53 yoshda

Kazuyoshi Miura Yaponiya futboli rekordini yangiladi. U hozir 53 yoshda


“Yokogama” klubi a’zosi Kazuyoshi Miura futbol bo‘yicha Yaponiya chempionati 20-turi doirasida “Kavasaki Frontale”ga (2:3) qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 56-daqiqada zaxiraga olindi.

Gap shundaki, Miura maydonga tushgan vaqtida 53 yosh, 6 oy-u 28 kunlik edi. Shu tariqa Miura Yaponiya oliy divizionida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord “Konsadole Sapporo” futbolchisi Masasi Nakayamaga tegishli edi. Masasi 2012-yilda musobaqa doirasida maydonga tushgan vaqtida 45 yosh, 2 oy-u 1 kunlik edi.

Qayd etish joiz, Miura 13 yil davomida “Yokogama” bilan quyi divizionda to‘p tepib kelayotgandi. U so‘nggi bor yuqori diviziondagi o‘yinini 2007-yilda o‘tkazgandi.

Miura professional futbolchilik faoliyatini 1989-yilda boshlagan. U hozir dunyodagi eng yoshi katta professional futbolchi hisoblanadi. Kadzuyoshi 1994-yil ijara asosida Italiyaning “Jenoa” sharafini himoya qilgan. Natijada A Seriyada o‘ynagan yaponiyalik ilk futbolchi bo‘lgan.

Futbolchi 2020-yil yanvarida “Yokogama” bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют