Nurmat Otabekov: “Koronavirusga eng ko‘p chalinish holati uy sharoitida kuzatiladi”
Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov qanday holatlarda koronavirus infeksiyasiga chalinish xavfi yuqori bo‘lishi haqidagi savolga aniqlik kiritib o‘tdi.
Aytish kerakki, xitoylik olimlar kichik tadqiqot o‘tkazishgan. Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan ochiq havoda kasallanish holati kamdan kam kuzatiladi. Qolgan barcha holatlarni mutaxassislar bir nechta turga bo‘lishgan.
Natijalarga ko‘ra, eng ko‘p kasallanish holati uyda kuzatilar ekan. Ikkinchi o‘rinda jamoat transporti, qisqa qilib aytganda, yopiq hududlarda — atrofdagilar bilan yaqin aloqaga kirishiladigan joyda infeksiyaga chalinish xavfi ancha yuqori. Ochiq havoda esa bu imkoniyat minimal sanaladi.
Nurmat Otabekov, Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
