» » Navoiyda Isuzu yuk mashinasi haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas’ga urildi va zovurga tushib ketdi

Navoiyda Isuzu yuk mashinasi haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas’ga urildi va zovurga tushib ketdi


Navoiy viloyatida Samarqand–Buxoro yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasining haydovchisi rulda uxlab qolib, Karmana tumani Varx massividan o‘tuvchi zovurga tushib ketdi, deb xabar bermoqda YHXBB.

Dastlab yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan Isuzu Damas bilan to‘qnashib, daraxtga urildi. Daraxtga urilgach bir qismini zararlagan Isuzu harakatni davom ettirib, zovurga tushib ketdi.

Damas’ni boshqarib ketayotgan haydovchi baxtli tasodif tufayli tirik qolgan.

“Isuzu kelib, urgandan so‘ng uni yo‘qotib qo‘ydim. Keyin qarasam zovurda ekan. Haydovchi hushidan ketgan edi”, – deydi Damas haydovchisi.

Avtomobil ichidagi yo‘lovchining aytishiga qaraganda, Isuzu haydovchisi shu qadar charchoq ta’sirida bo‘lganki, hatto nimalar bo‘layotganini ham bilmagan.

“Men yo‘ldan ketayotganimda yo‘lning narigi tomoniga chiqib ketibman. Damas bilan to‘qnashganimni ham bilmayman. Xayol buzilgan edi”, – deya holatni izohladi Isuzu  haydovchisi.

Suvga tushib ketgan Isuzu maxsus kran yordamida zovurdan chiqarib olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 20:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют