» » Ukrainalik yigit sevgisini rad etgan qizning 11-qavatdagi uyiga gaz trubasiga tirmashib ko‘tarildi

Ukrainalik yigit sevgisini rad etgan qizning 11-qavatdagi uyiga gaz trubasiga tirmashib ko‘tarildi


23-sentabr kuni Ukrainaning Dnepr shahrida yashovchi erkak ko‘p qavatli uyning 11-qavatiga gaz trubasi orqali chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29 yashar erkak uyning 16-qavatida yashaydigan qizning yoniga chiqishni istagan. Ammo qiz uni ko‘rishni istamagan va uy qo‘riqchisidan uni kiritmaslikni so‘ragan. Kirishga bo‘lgan urinishlari besamar ketgan erkak devor ustidan o‘tkazilgan gaz trubasiga tirmashib chiqishga qaror qilgan.

Truba bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgan odamni ko‘rgan qo‘shnilar maxsus xizmatlarga xabar bergan. Politsiya xodimlari va qutqaruvchilar yetib kelgunicha erkak 11 qavatga ko‘tarilishga ulgurgan.

Keyin u mustaqil ravishda pastga tushgan. Fuqaroning kurtkasi 6 va 7-qavatlar orasida osilib qolganini aytmaganda, o‘zi sog‘ va jarohatlanmagan, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 20:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют