» » Parijda muhojir yigit ko‘p qavatli uy balkonida osilib qolgan bolani qutqardi (video)

Parijda muhojir yigit ko‘p qavatli uy balkonida osilib qolgan bolani qutqardi (video)


Parijda ko‘p qavatli uyning balkonida 4 yoshli bola osilib qolgani va istalgan vaqt yiqilib tushishi mumkinligini ko‘rgan 22 yoshli Mamud Gassam sanoqli soniyalarda uyning old tarafidan tirmashib chiqib, bolani ushlab qolmoqchi bo‘layotgan erkak qo‘lidan olgan. Bu haqda TJournal yozmoqda.

Qutqaruv xizmati xodimlari yetib kelganida Gassam bolani qutqarib bo‘lgan edi. Voqeani videoga olgan odamlar uni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. OAV va Twitter’da devordan yuqoriga ustalik bilan tirmashib chiqqan yigitni “haqiqiy o‘rgimchak odam” deb atashgan. Yigit — Mali davlatidan noqonuniy ravishda ko‘chib kelgan muhojir.

BFM TV kanaliga bergan intervyusida Gassam o‘rtoqlari bilan futbol ko‘rish uchun restoranga bormoqchi bo‘lib uyning yonidan o‘tganini aytgan. “Men bolalarni yaxshi ko‘raman, shuning uchun bolakay jabr ko‘rishini istamadim. Yugurib bordim va uni qutqarish yo‘lini o‘ylay boshladim. Xudoga shukr, balkonga tirmashib chiqishni uddaladim”, — dedi  Mamud Gassam.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron fransiyaliklar nomidan minnatdorchilik bildirish uchun  Mamud Gassamni Yelisey saroyiga taklif qildi. Parij meri Ann Idalgo esa Gassamga qo‘ng‘iroq qilib, shaxsan tashakkur aytdi. “U Malidan bir necha oy ilgari ko‘chib kelgan. Parij uning bu yerda yashash uchun qolishini qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi mer.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют