» » “Paxtakor”ga gol urgan Jovinko 5-o‘rinda, Ronaldu top-10 ga ham kirmadi. FIFA 21 da jarima zarbalarining eng yaxshi ijrochilari e’lon qilindi

“Paxtakor”ga gol urgan Jovinko 5-o‘rinda, Ronaldu top-10 ga ham kirmadi. FIFA 21 da jarima zarbalarining eng yaxshi ijrochilari e’lon qilindi


FIFA 21 simulyatorida jarima zarbalarini ijro etish borasida eng yuqori ko‘rsatkichga ega futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi 94 reyting ko‘rsatkich (jarima zarbalarini ijro etish borasida) bilan ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.

Kuchli uchlikdan “Valensiya” sobiq sardori Dani Parexo (93) va “Yuventus”dan “Barselona” safiga o‘tgan Miralem Pyanich (92) joy olgan.

Reytingning 5-o‘rinida “Yuventus” sobiq futbolchisi, hozirda “Al-Hilol” safida to‘p tepayotgan Sebastyan Jovinko qayd etildi. Italiyalik iqtidor egasi Osiyo Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda (2:1) jarima zarbasidan Eldor Suyunov darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Shuningdek, simulyator yaratuvchilari Yaponiya terma jamoasi afsonasi Shinsuke Nakamurani (90) ham yoddan chiqarmagan. 42 yoshli futbolchi ayni damda o‘zbekistonlik Fozil Musayev bilan “Jubilo Ivata” safida to‘p surmoqda.

FIFA 21 simulyatorida jarima zarbalarining eng yaxshi ijrochilari:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 21:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют