» » Sankt-Peterburgda qiyin ahvolda qolgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi

Sankt-Peterburgda qiyin ahvolda qolgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, butun dunyoda tarqalgan pandemiya sharoitida Rossiya va Qozog‘istonda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish bo‘yicha Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi bilan kelishuvga erishilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 15 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Kelishuvga muvofiq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali vatanga olib kelindi.

Ta’kidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi va O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelingan fuqarolar, asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotganlar toifasiga kiradi.

Agentlik tomonidan ma’lum qilinishicha, yana 15 nafar ana shunday fuqarolarni charter reys orqali Rossiya poytaxti Moskva shahridan olib kelish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Rossiyaning Rostov viloyatida vatanga qaytayotgan O‘zbekiston fuqarosi poyezdga chiqishdan oldin vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiya mamlakatda nolegal bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga 15-dekabrgacha imtiyoz berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 22:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют