» » Rossiyaning Rostov viloyatida vatanga qaytayotgan O‘zbekiston fuqarosi poyezdga chiqishdan oldin vafot etdi

Rossiyaning Rostov viloyatida vatanga qaytayotgan O‘zbekiston fuqarosi poyezdga chiqishdan oldin vafot etdi


Rossiyaning Rostov viloyatidagi Kamensk-Shaxtinskiy shahrida O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytish uchun poyezdga chiqish oldidan ahvoli og‘irlashib, vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Rostov viloyati Kamensk-Shaxtinskiy shahridagi palatkali lagerda O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqalgan.

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xabariga ko‘ra, 2020-yil 19-sentabr kuni O‘zbekiston fuqarolarini maxsus poyezdga chiqarish chog‘ida yo‘lovchilardan biri — 1987-yil 13-sentabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.J. “Lixaya” stansiyasi old tomonidagi maydonda o‘zini yomon his qila boshlagan va u tez tibbiy yordam yetib kelgunicha vafot etgan.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu fuqaro palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan yetib kelgach R.J. sog‘ligi yomonlashgani sababli 14-sentabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va shu yerdan “Lixaya” stansiyasiga olib borilgan. Fuqaroning koronavirus bilan kasallanganligi tasdiqlanmagan.

Tashkiliy va konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan keyin marhumning jasadi charter reys orqali O‘zbekistonga yuborilgan.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonga qaytish maqsadida Qozog‘iston bilan chegara hududida to‘plangan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 22-sentabr kuni Rossiyadan 746 nafar o‘zbekistonlik poyezdda vatanga olib kelingani haqida xabar berildi. 16-sentabr kuni Samaradan 938 nafar o‘zbekistonlik poyezdda olib kelindi. 15-sentabr kuni esa Samara va Yekaterinburgdan 2 mingga yaqin, 3-sentabr kuni 922 nafar o‘zbekistonlik poyezdda O‘zbekistonga olib kelingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 22:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют