» » Sankt-Peterburgdan Xorazmga charter reys orqali 220 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi

Sankt-Peterburgdan Xorazmga charter reys orqali 220 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi


Sankt-Peterburg–Urganch yo‘nalishida navbatdagi charter reysi 8-sentabr kuni amalga oshirildi. Bu haqda Xorazm viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, maxsus reys orqali 220 nafar yo‘lovchi olib kelingan. Xorijdan qaytgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda 10 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markazlariga joylashtirilgan.

Bugungi kunga qadar Xorazm viloyatiga Moskva, Sankt-Peterburg shaharlaridan jami 4 ta charter reysi amalga oshirilgan. Ularda jami 840 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘z uylariga olib kelingan.

Avvalroq Uzbekistan Airways 4-sentabrdan Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiya bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklagani haqida xabar qilingandi. Shuningdek, Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar 24–25-sentabr kunlari charter reys bilan vatanga qaytarilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют