» » Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar charter reys bilan vatanga qaytariladi

Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar charter reys bilan vatanga qaytariladi


Toshkent–Tokio–Toshkent yo‘nalishida 24–25-sentabr kunlari charter repatriatsiya reysi amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq bir oy mobaynida amalga oshirilishi belgilangan charter repatriatsiya reyslari jadvaliga qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra Yaponiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish maqsadida 2020-yilning 24–25-sentabr kunlari Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent–Tokio–Toshkent yo‘nalishida parvozni amalga oshiradi.

Avvalroq Yevropadagi o‘zbekistonliklar Frankfurt—Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan olib kelingani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют