» » Polshadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha charter reys amalga oshiriladi

Polshadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha charter reys amalga oshiriladi


Transport vazirligi axborot xizmati Polshadagi o‘zbekistonliklarni Toshkentga olib kelish bo‘yicha charter reys amalga oshirilishini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, Polshadagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish maqsadida 13-iyul kuni Varshava—Toshkent—Riga yo‘nalishida charter reysning parvozi amalga oshiriladi.

Ushbu parvoz SmartLynx Airlines aviakompaniyasi tomonidan bajariladi.

Eslatib o‘tamiz, 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. 25—31-may kunlari 8 ta charter reys orqali Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. Shuningdek, 1—7-iyun kunlari xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 9 ta charter qatnovi, 8—21-iyun kunlari oralig‘ida 20 ta charter reys amalga oshirilgan. 22-iyundan 5-iyulgacha 21 ta charter reysda xorijdagi o‘zbekistonliklar olib kelindi.

Respublika maxsus komissiyasi so‘nggi ikki haftaga rejalashtirilgan charter reyslar jadvalini qayta ko‘rib chiqib, bir qancha reyslarni bekor qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют