» » Rossiyada sodir etilgan jinoyatlar uchun qidiruvga berilgan 2 kishi Farg‘onada qo‘lga olindi

Rossiyada sodir etilgan jinoyatlar uchun qidiruvga berilgan 2 kishi Farg‘onada qo‘lga olindi


Rossiya hududida sodir etilgan jinoyatlari uchun qidiruvga berilgan ikki shaxs Farg‘ona viloyati hududida qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 17-sentabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi O‘XB Farg‘ona viloyati bo‘limi xodimlari Rossiya Jinoyat kodeksining 327-moddasi 3-qismida (soxta hujjatlardan foydalanish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Rossiyaning Kaluga viloyati ichki ishlar organlari tomonidan qidiruv e’lon qilingan N.M.ni Qo‘qon shahri hududida qo‘lga oldi.

Shuningdek, 21-sentabr kuni Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi 2-qismida (davlat chegaralarini noqonuniy kesib o‘tish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Federal xavfsizlik xizmati tomonidan qidiruv e’lon qilingan D.R. Farg‘ona shahrida qo‘lga olingan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabarida qo‘lga olingan shaxslar qaysi davlat fuqarolari ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 00:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют