» » Zelenskiy Ukrainada koronavirusning ikkinchi to‘lqini ketayotganini ma’lum qildi

Zelenskiy Ukrainada koronavirusning ikkinchi to‘lqini ketayotganini ma’lum qildi


Ukrainada COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini ketmoqda. “Kommersant”ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

U hozir butun dunyoda kasallik avj olayotgani, Ukraina ham bundan mustasno emasligini ta’kidlagan.

“Shu sababli bugungi kunda xorijiy fuqarolarga kirish bizda haqiqatan ham taqiqlangan. Bu to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman. Bizda birinchi to‘lqin boshlanganda shunday qarorga kelingandi, hozir uni to‘xtata oldik. O‘shanda Ukrainaning 40 million fuqarosiga 100 nafardan 300 nafargacha kasallanganlar to‘g‘ri kelgandi. Hozir bir kuniga uch ming kishi kasallanmoqda. Afsuski, bu Ukrainadagi ikkinchi to‘lqindir”, — degan prezident.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina o‘z fuqarolarini ham, mamlakatga keladigan boshqa davlat fuqarolarini ham xavf ostiga qo‘ya olmasligini ta’kidlagan. “Keyinchalik vaziyat barqarorlashgach, Ukraina chegaralari, albatta  ochiladi”, — degan u.

Avvalroq Kanada, Chexiya, Avstriya va Gruziyada ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani xabar berilgan edi. Buyuk Britaniyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat bahordagi ko‘rsatkichga qaytmoqda. Bir oydan beri turistlar uchun ochiq bo‘lgan Turkiyada koronavirus tarqalishi yana avj oldi

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyor — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 07:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют