» » Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi parvozlar sonini ko‘paytiradi

Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi parvozlar sonini ko‘paytiradi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent va Turkiyaning Istanbul shahri o‘rtasidagi parvozlar sonini ko'paytiradi. Bu haqda kompaniya tomonidan ma’lum qilindi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, 1-oktabrdan boshlab Toshkent—Istanbul—Toshkent yo‘nalishida kuniga ikkita parvoz amalga oshiriladi.

Toshkent—Istanbul yo‘nalishidagi HY 271 reysi soat 12:30 da Toshkentdan parvoz qilib, Istanbulga mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da yetib boradi. Istanbuldan HY 272 reysi bilan soat 12:30 da havoga ko‘tariladigan samolyot Toshkentga soat 19:00 da qo‘nadi.

Toshkent—Istanbul yo‘nalishidagi HY 273 reysi soat 17:00 da parvozni boshlab, Istanbulga soat 20:20 da yetib boradi. Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi HY 274 reysi Turkiyadan 21:45 da uchib, ertasi kuni soat 04:15 da Toshkent yetib keladi.

Mazkur qatnovlarga aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, uning mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways’ning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki O'zbekistondagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Avvalroq Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Toshkent va Bishkek o‘rtasidagi parvozlar sonini ko‘paytirishini ma’lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temiryo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklaydi.

Mavzuga doir: Karantindan keyin o‘zbekistonliklar qayerlarga uchishni xohlamoqda?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 07:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют