» » Moskva hukumati keksalarni uyda qolishga, ish beruvchilarni esa xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazishga chaqirdi

Moskva hukumati keksalarni uyda qolishga, ish beruvchilarni esa xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazishga chaqirdi


Moskva meri Sergey Sobyanin 65 yoshdan kattalar, shuningdek, surunkali kasalligi bor insonlardan 28-sentabrdan boshlab uyda qolishni so‘radi. Rossiya poytaxti merining tavsiyasi Sobyaninning saytida e’lon qilingan.

Bu kabi insonlardan zarurat bo‘lmaganidan uydan chiqmaslik so‘raladi. Ular imkoni boricha kamroq do‘kon va dorixonalarga borishi va doimo niqob hamda qo‘lqopda bo‘lishi kerak. Shuningdek, alohida yashaydigan qarindoshlar va yaqinlari bilan vaqtincha muloqotda bo‘lmaslik tavsiya qilingan. Ochiq havodagi sayr va badantarbiya bilan shug‘ullanish taqiqlanmaydi.

65 yoshdan katta va surunkali kasalligi bor insonlarga masofadan turib ishlash yoki ta’tilga chiqish tavsiya etilgan.

Shuningdek, Sobyanin ish beruvchilarga ham murojaat qilib, imkoni boricha ko‘proq xodimlarni masofadan ishlatishni so‘ragan. U ish joylarida sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi choralariga qat’iy rioya qilishni tavsiya etgan: dezinfeksiya o‘tkazish, masofalanishga rioya qilish, niqob va qo‘lqoplardan foydalanish, xodimlar tana haroratini o‘lchash va ularni COVID-19’ga tekshirish.

Shuningdek, Sobyanin transportda, do‘konlar va boshqa jamoat joylariga borishda ham niqob hamda qo‘lqop rejimiga rioya qilinishini so‘ragan. “Bahordagi qattiq karantin choralariga qaytishni istamaymiz. Umid qilamanki, biz bundan qocha olamiz. Faqat o‘zimizni va yaqinlarimizni ehtiyot qilsakkina”, — deydi Moskva meri.

Avvalroq Moskvada iyun oxiridan beri birinchi bor koronavirus bilan sutkalik kasallanish holati ming kishidan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyalik shifokor COVID-19 bemorlari ahvolini yomonlashtiradigan kasalliklarni ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, sentabr boshlarida Moskva meri shaharda koronavirus epidemiyasi kuzda qayta avj olishini, koronavirusni yaqin olti oy ichida to‘liq mag‘lub etish mumkinligini taxmin qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 11:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют