» » Tomas Myuller faoliyatidagi 26-sovrinni yutdi. Nemis futbolchilari orasida undan oldinda faqat bir futbolchi bor

Tomas Myuller faoliyatidagi 26-sovrinni yutdi. Nemis futbolchilari orasida undan oldinda faqat bir futbolchi bor


Bavariya futbol boyicha UEFA Superkubogi uchun otkazilgan bahsda qoshimcha daqiqalardagi gol evaziga Sevilyani 2:1 hisobida taslim qildi va bosh sovrinni oziniki qildi.

Bu myunxenliklar azosi Tomas Myuller uchun faoliyatidagi 26-sovrin boldi. Natijada Tomas nemis futbolchilari orasida eng kop sovrin yutgan sobiq jamoadoshi Bastian Shvaynshtaygerga yetib oldi.

Nemis futbolchilari orasida eng kop sovrin yutgan esa Real vakili Toni Kroos hisoblanadi. Kroos hisobida 27 ta sovrin bor. Toni ushbu sovrinlardan 12 tasini Bavariya, 14 tasini Real va yana bittasini Germaniya terma jamoasi safida qolga kiritgan.

Malumot uchun, Myuller faoliyati davomida 9 marta Germaniya chempionligini, 6 marta mamlakat kubogini, 5 marta Germaniya Superkubogini, 2 martadan Chempionlar Ligasi va Yevropa Superkubogini, shuningdek, 1 bor Klublar ortasidagi mundial golibligini qolga kiritgan. Bundan tashqari Germaniya terma jamoasi bilan JCh2014 da golib bolgan.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (25-09-2020, 12:08)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 5) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -