» » Rossiyalik virusologlar koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqinini baholovchi asosiy ko‘rsatkichni ma’lum qildi

Rossiyalik virusologlar koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqinini baholovchi asosiy ko‘rsatkichni ma’lum qildi


Koronavirus bilan kasallanish to‘lqinini baholashda kasallar va sog‘ayganlar sonining nisbatidan kelib chiqish kerak. Bu haqda Oliy iqtisodiyot maktabi milliy tadqiqot universitetining Sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti instituti direktori Larisa Popovichga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“Bu boradagi eng muhim narsa — kasallik aniqlanganlar va shifoxonadan javob berilganlar o‘rtasidagi farq. Mana, Moskvada sog‘ayganlar soni shifoxonaga yotqizilgan va kasallik aniqlanganlar sonidan barqaror ravishda oshmoqda. Bu juda yaxshi dinamika. Ko‘plab mintaqalarda sog‘ayganlar soni qayta aniqlanganlar sonidan kam”, — deydi Popovich.

Uning ta’kidlashicha, shu sababli kuzda koronavirus bilan kasallanish holatining ortayotganini “ikkinchi to‘lqin” deb atab bo‘lmaydi. Popovichning so‘zlariga ko‘ra, har bir hudud vaziyatni o‘zicha baholamoqda. “Rossiyada bu haqda gapirish juda qiyin, chunki birinchi to‘lqin degan narsaning o‘zi tugamadi. Bizda vaziyat qaysidir onda yaxshilangan bo‘lsa, qaysidir payt yomonlashdi, shuning uchun Rossiya statistikasida bu kabi terminlardan foydalanmagan bo‘lardim”, — deydi ekspert.

Virusolog Anatoliy Altshteynning aytishicha, Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha ayrim ko‘tarilishlar kuzatilgan, biroq uni yangi to‘lqin deb atab bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasining birinchi to‘lqini hali tugamagan.

Avvalroq Moskvada iyun oxiridan beri birinchi bor koronavirus bilan sutkalik kasallanish holati ming kishidan oshgani, Moskva meri Sergey Sobyanin 65 yoshdan oshgan va surunkali kasalligi bor fuqarolardan 28-sentabrdan boshlab masofadan turib ishlashga yoki nafaqaga chiqishga chaqirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 12:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют