» » Virusologlar Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon boshlanishini ma’lum qildi

Virusologlar Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon boshlanishini ma’lum qildi


Biomeditsina maktabi Mikroorganizmlar ekologiyasi laboratoriyasining mudiri Mixail Shelkanovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkin, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Ikki haftadan keyin biz Yevropa mamlakatlarida kuzatilayotgan keskin o‘sishni sezamiz”, — deydi mudir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallar soni mamlakatning Yevropa hududi bilan chegaradosh qismida, xususan, yirik shaharlarda kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, Vladivostokdagi vaziyat yomonlashishi mumkin. Virusologning ta’kidlashicha, boshqa mamlakatlarda bo‘lgan xitoyliklar o‘z yurtiga Uzoq Sharqdagi Rossiya hududi orqali qaytmoqda, bu esa mintaqadagi epidemiologik vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi.

Oliy iqtisodiyot maktabi Sog‘liqni saqlash instituti direktori Larisa Popovichning ta’kidlashicha, agarda fuqarolar ehtiyot choralariga rioya qilmasa, koronavirusning Rossiyada tarqalish jarayoni kuchayishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19’ning chetdan kirib kelish ehtimolligi juda kam.

Boshqa mutaxassislarning qayd etishicha, Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilmaydi, chunki mamlakat xorij davlatlari bilan muntazam va charter reyslarni bekor qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 620 ming kishidan oshgan, hozirga qadar 384 ming odam sog‘aygan, 8,7 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Avvalroq Janubiy Koreya ham koronavirus bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют