» » “O‘ynoqi kit”, “Tropik kelin”, “Muzlagan yurak”: 2020-yilning dronlardan olingan eng yaxshi suratlari e’lon qilindi

“O‘ynoqi kit”, “Tropik kelin”, “Muzlagan yurak”: 2020-yilning dronlardan olingan eng yaxshi suratlari e’lon qilindi


“Drone Photo Awards 2020” tanloviga uchuvchisiz harakatlanuvchi moslama, dirijabl, parashyut va samolyotlardan olingan suratlar qabul qilinadi. Mazkur tanlovda o‘z fotosuratlari bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan suratkashlar hakamlar hay’ati tomonidan e’lon qilindi.

Hakamlar hay’ati tomonidan Jim Pikoning kadri “Yil surati” deb tan olindi. Qish, muzli suv – to‘polon: akula baliq to‘dasi ichida o‘z o‘ljasini ta’qib etmoqda.

“To‘y” nominatsiyasida birinchi sovrin “Tropik kelin” surati muallifi Muhammad Azmilga nasib etdi.

“Tabiat” nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Martin Xarvi “Logipi ko‘lidagi flamingolar” asari bilan egalladi.

“Insonlar” nominatsiyasida Aleksandra Menikonsi “Sovuq yer” surati bilan g‘olib bo‘ldi.

“Yovvoyi tabiat” nominatsiyasi bo‘yicha Dmitriy Vilyunovning “Jiyron qushlar qayerda yashaydi?” eng yaxshi surat deb topildi.

Pol Xelenning “Qaqnusning tirilishi” surati  “Abstraksiya” nominatsiyasida birinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

“Yuqorida quyosh chiqishi” surati muallifi Reks Zu “Shaharlar” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“Abstraksiya” nominatsiyasida Chung Fam Xayning “Baliq ovi tarmog‘i” surati sovringa loyiq ko‘rildi.

Tomer Appelbaumning “Qora bayroq” surati “COVID-19 bilan hayot” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Surat Isroildagi namoyishchilarning ijtimoiy masofani saqlagan mitingida olingan.

“Tabiat” nominatsiyasida g‘oliblik Jozef Cheyrezning kulrang kit sayyohlar bilan o‘ynagani aks etgan suratga nasib etdi.

“Yer yuzida o‘zga sayyoralik imorat” surati muallifi Tomasha Kovalski “Shaharlar” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

“Sevishganlar maydonida” surati muallifi Kshishtof Kravchik “To‘y” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Bahoriy zebra” surati muallifi Lukash Rays “Abstarksiya” nominatsiyasi bo‘yicha yuqori bahoni qo‘lga kiritdi.

“Sport” nominatsiyasida Roberto Korinaldezining “Dengizda” surati g‘olib deb topildi.

Igor Altunaning “Tuz tog‘lari” surati “Insonlar” nominatsiyasida sovrindor bo‘ldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 12:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют