» » Rossiya O‘zbekistonga 35 mln doza koronavirus vaksinasini yetkazib beradi

Rossiya O‘zbekistonga 35 mln doza koronavirus vaksinasini yetkazib beradi


Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi va LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga 35 million doza “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda fond matbuot xizmatiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“O‘zbekistondagi nazorat organlari tomonidan ruxsat berilgach, 2020-yilda respublikaga 10 million dozagacha, 2021-yilda esa yana 25 million doza vaksina yetkazib berilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Vaksina “Sputnik V” deb nomlangan.

Vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanishini aytgandi.

Shuningdek, “Rospotrebnadzor”ning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksina klinik sinovlarining ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 12:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют