» » Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyatiga hokim boldi. U yarim yil avval Ekologiya qomitasi raisi etib tayinlangan edi

Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyatiga hokim boldi. U yarim yil avval Ekologiya qomitasi raisi etib tayinlangan edi


Ozbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Daryo muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Namangan shahar hokimligi majlislar zalida 25-sentabr kuni viloyat faollari yigilishi bolib otgan. Unda Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va Ozbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qatnashgan.

Yigilishda tashkiliy masala korilgan. Shu vaqtgacha Namangan viloyatiga hokimlik qilib kelgan Xayrullo Bozorov boshqa ishga otganligi munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgani togrisidagi Prezident farmoni oqib eshittirilgan.

Davlat rahbari farmoni bilan Ozbekiston Ekologiya va atrof-muhitni qomitasi raisi bolib ishlab kelgan Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri.

Avvalroq Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyev Ozbekiston bosh vaziri orinbosari etib, uning orniga shu vaqtgacha Namangan viloyatiga hokimlik qilgan Xayrullo Bozorov Fargona viloyati rahbari bolishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

44 yoshli Shavkat Abdurazzoqov 2020-yil martida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi raisi etib tayinlangan edi. Bungacha u salkam uch yil Namangan shahar hokimi, 20152017-yillarda esa Namangan tumani hokimi sifatida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-09-2020, 13:08)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -