» » Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan viloyatiga hokim bo‘ldi. U yarim yil avval Ekologiya qo‘mitasi raisi etib tayinlangan edi

Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan viloyatiga hokim bo‘ldi. U yarim yil avval Ekologiya qo‘mitasi raisi etib tayinlangan edi


O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkatjon Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Namangan shahar hokimligi majlislar zalida 25-sentabr kuni viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qatnashgan.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu vaqtgacha Namangan viloyatiga hokimlik qilib kelgan Xayrullo Bozorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risidagi Prezident farmoni o‘qib eshittirilgan.

“Davlat rahbari farmoni bilan O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelgan Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi”, — deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Avvalroq Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib, uning o‘rniga shu vaqtgacha Namangan viloyatiga hokimlik qilgan Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati rahbari bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

44 yoshli Shavkatjon Abdurazzoqov 2020-yil martida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangan edi. Bungacha u salkam uch yil Namangan shahar hokimi, 2015—2017-yillarda esa Namangan tumani hokimi sifatida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 13:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют