» » “Barselona” “Ayaks”ning amerikalik futbolchisini sotib oladi

“Barselona” “Ayaks”ning amerikalik futbolchisini sotib oladi


Kataloniyaning “Barselona” klubi “Ayaks” himoyachisi Serjino Dest borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati Destni sotib olishlariga qattiq ishonmoqda. Shu bilan birgalikda “Barselona” hali “Ayaks” bilan kelishuvga erishgani yo‘q.

Shuningdek, “Bavariya”ning ham Dest uchun kurashda qatnashayotganligi aytilmoqda.

Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” amerikalik 19 yoshli futbolchining o‘zi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, “Ayaks” futbolchi uchun 20 million yevroga ega bo‘ladi. Bundan tashqari 5 million yevro bonus futbolchining natijalariga qarab Amsterdam klubi g‘aznasiga tushishi mumkinligi ta’kidlangandi.

Ma’lumot uchun, Serjino Dest 2000-yil 3-noyabrda tug‘ilgan. U ikki davlat fuqaroligiga ega — AQSh hamda Niderlandiya. “Ayaks” asosiy tarkibida 2019-yildan beri harakat qilib keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 14:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют