» » “Bavariya” bosh murabbiyi Flik debyut mavsumidayoq 4 ta sovrinni qo‘lga kiritdi

“Bavariya” bosh murabbiyi Flik debyut mavsumidayoq 4 ta sovrinni qo‘lga kiritdi


“Bavariya” UEFA Superkubogida “Sevilya”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Myunxen klubi ustozi Xans-Diter Flik murabbiylik faoliyatidagi to‘rtinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, uning bosh murabbiy sifatida debyutiga aylangan 2019/20-yilgi mavsumda mutaxassis UEFA Superkubogidan tashqari, trebl qayd etdi — uning jamoasi Chempionlar Ligasi, Bundesliga va Germaniya Kubogida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Flik 2019-yilning yozida “Bavariya” murabbiylar shtabiga Niko Kovachga yordamchisi sifatida kirgandi, ammo noyabr oyida xorvatiyalik murabbiy iste’foga chiqarildi. Shundan so‘ng u dastlab, bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va keyinchalik (aprel oyida) klub u bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Shuningdek, u 2014-yilda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyovning yordamchisi sifatida Jahon Chempioni bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 16:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют