» » Shvetsiyadagi shialar masjidiga o‘t qo‘yildi

Shvetsiyadagi shialar masjidiga o‘t qo‘yildi


Shvetsiya poytaxti Stokgolm yaqinidagi Yerfella shahrida imom Ali nomli mamlakatdagi yirik shia masjidlaridan biriga o‘t qo‘yildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Binoga uning tashqi tomonidan o‘t qo‘yilgan ko‘rinadi. Yong‘inni bartaraf etish uchun bir necha o‘t o‘chirish brigadalari yetib keldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi”, — deya ta’kidladi poytaxt politsiyasi matbuot xizmati mas’uli Lars Byustrem.

Masjid vakillariga ko‘ra, binoning 30—50 foizi shikastlangan. Uning ichida 3 mingdan ortiq kitobga ega kutubxona bor edi, biroq ularga ziyon yetgan yoki yo‘qligi hozircha noma’lum. 

1-may, dushanba kuni masjidda 80 nafar bola uchun mashg‘ulot o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Mazkur tadbir bekor qilindi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 35) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют