» » Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida 20 oilaning nikoh to‘yi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida 20 oilaning nikoh to‘yi o‘tkazildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida 20 oilaning “Prezident e’tibori xayriya tadbirlarida” shiori ostida nikoh to‘ylari o‘tkazib berildi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.

Yosh oilalar dastlab tuman markazidagi “Motamsaro ona” xotira maydoniga gulchambarlar qo‘ydi. Shundan so‘ng ular Maxima tantanalar uyida kutib olindi.

Kelin-kuyovlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev, tuman hokimi M.Qosnazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va boshqalar tabrikladi.

O‘zbek va qoraqalpoq estradasi yulduzlari G.Asalxo‘jayeva, A.Nadirova, A.Allambergenov va boshqa san’at vakillari to‘yga fayz kiritdi.

Yosh oilalarga nikoh guvohnomalari topshirilib, kiyim-kechaklar va yotoqxona mebel jamlanmasi sertifikatlari taqdim etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют