» » Faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlangan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tubdan qayta tashkil etiladi

Faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlangan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tubdan qayta tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Farmonda aytilishicha, keyingi yillarda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon, Urganch, Qarshi, Shahrisabz shaharlarining arxitektura qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Tasdiqlangan bosh rejalar bo‘yicha Guliston, Termiz va Jizzax shaharlarini rekonstruksiya qilish yuqori sur’atlar bilan olib borilmoqda.

Shu bilan birga shaharsozlik faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjud. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni, aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasi obyektlarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini qo‘pol ravishda buzishning ko‘pdan-ko‘p faktlari aniqlandi.

“Aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida funksiya va vakolatlarning aniq chegaralab qo‘yilmaganligi shaharlar va boshqa aholi punktlarini reja asosida rivojlantirish hamda kompleks ravishda qurishga jiddiy zarar yetkazayotgan asossiz va shoshma-shosharlik bilan loyiha-rejalashtirish yechimlari qabul qilinishiga, shuningdek, shaharsozlik hujjatlari va qurilish sifatining yomonlashuviga olib kelmoqda”, — deyiladi hujjatda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatining butun tizimini tubdan qayta tashkil etishni, shaharsozlikning normativ-huquqiy va institutsional bazasini yanada takomillashtirishni, shaharsozlik hujjatlari sifatini oshirishni taqozo etmoqda.

Qo‘mita tuzilmasida yangi vazifa va faoliyat yo‘nalishlariga ega quyidagi boshqarma va bo‘limlar tashkil etiladi:

loyihalashda texnik me’yorlashtirish, qurilishda yangi loyihaviy yechimlar, texnologiyalar va materiallarni joriy etish boshqarmasi;

litsenziyalash, loyihalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalash xizmati bozorini rivojlantirish boshqarmasi;

pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar boshqarmasi;

ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va Jamg‘armani boshqarish bo‘limi.

Umumiy hisobda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimidagi xodimlar soni 466 nafarga yetkazilib, ularning 386 nafarini tuman hamda shahar arxitektura va qurilish bo‘limlaridagi xodimlar tashkil etadi. Bu bilan shahar hamda tuman arxitektura va qurilish bo‘limlari shtat birliklari uch nafarga yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi etib, arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari bilan, qayta tashkil qilindi, uning eng muhim vazifasi etib, aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalariga qat’iy muvofiq ravishda kompleks qurilishini, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga so‘zsiz rioya etishlari, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarilishi va qo‘llanilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish, buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib borish belgilandi.

Bundan tashqari, shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik bazani takomillashtirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq choralar ko‘rishni ko‘zda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 1) ( 93) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...