» » Shavkat Mirziyoyev bir qator davlatlarning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

Shavkat Mirziyoyev bir qator davlatlarning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan Eduards Stiprays, Qirg‘iziston Respublikasi, Fransiya Respublikasi, Italiya Respublikasi, Chexiya Respublikasi, Yaponiya, Misr Arab Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Daniyar Sidiqov, Violen de Vilmor, Andrea Bertotssi, Yaroslav Siro, Nobuaki Ito, Amani al-Itr, Ahmet Bashar Shen, Hisham bin Mishal al-Suveylimdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident diplomatik missiyalar rahbarlarini samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev elchilarni O‘zbekistonda ish boshlayotgani bilan samimiy tabriklab, ularning mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют