» » Chilonzor temir beton mahsulotlari: kelajakni biz bilan quring!

Chilonzor temir beton mahsulotlari: kelajakni biz bilan quring!


O‘zbekiston bozoridagi 10 yildan ortiq tajriba, 50 dan ortiq korxonalar bilan hamkorlik, ishlab chiqarish jarayonidagi izchillik va vaqt sinovidan o‘tgan sifat. Bularning barchasi birgina korxonada jam bo‘lishi mumkinmi? Albatta!

Chilonzor temir beton mahsulotlari korxonasi yuqori chidamlilikka ega beton qorishmalari, mustahkam plitalar, talabgir sement mahsulotlarini bir tartibda, oldindan ko‘zlangan strategik rejalar asosida ishlab chiqarishdan tashqari avtoxizmatlarning keng turini joriy etib, tarkibni muntazam yangilab borishga intiladi.

Bugungi kunda korxonada yaratilayotgan beton asosan 2 xil shaklda zamonaviy qurilishda ishlatiladi. Beton qorishmalari yaxlit tuzilmalarni barpo etishda qo‘llanilsa, temir-beton konstruksiyalar binolarni tez va oson bitkazishda eng maqbul tanlov hisoblanadi. Beton tayyorlashda YY-120 samarali texnologiyasidan foydalaniladi.

Korxona beton ishlab chiqarishda yetakchilardan biri bo‘lib, kombinatda yig‘ma temir-beton va yig‘ma beton mahsulotlari ishlab chiqarish seхi, beton uzeli va ishlab chiqarilgan mahsulotni jo‘natish uchun imkoniyatlar mavjud. Hatto eng past havo haroratida ham yetkazib berish imkoniyatini saqlash uchun betonlar sifatini yo‘qotmasligini ta’minlash maqsadida maxsus qo‘shimchalar qo‘shiladi.

Eng zamonaviy, mukammal, uzoq yillar davomida sizga xizmat qiladigan inshootlarni barpo etishdagi hamkorlikda sinalgan sifat kafolati va professionallar jamoasiga ishoning. Kelajakni Chilonzor temir beton mahsulotlari korxonasi bilan quring!

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (3-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют